Prezident va Yevrokomissiya vitse-prezidenti Margaritis Sxinas O‘zbekiston hamda Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi sherikchilikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Yanvar so‘nggida Bryusselda YeI va MO o‘rtasida transport-kommunikatsiya aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha investorlar forumi bo‘lib o‘tadi.
Seshanba kuni Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Sxinas amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Uning Shavkat Mirziyoyev, bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev va tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashishi rejalashtirilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting